"So'nggi qo'ng'iroq" bo'lib o'tdi.
Bugun yurtimiz maktablarida o'quvchilar uchun "So'nggi qo'ng'iroq" bo'lib o'tdi. "O'ZIMPEKSALOQA" MCHJ direktori S. Ergashev ham o'zi ta'lim olgan Mirzo Ulug'bek tumanidagi 225-maktabning "So'nggi qo'ng'iroq" bayramida ishtirok etdi. Tadbir so'nggida o'qituvchi va bitiruvchilar uchun jamiyat nomidan esdalik sovg'alari topshirildi.