O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-apreldagi PQ-4699-son qaroriga asosan “O‘ZIMPEKSALOQA” MCHJ O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi tashkilot hisoblanadi.
1993-yildan buyon “O‘ZIMPEKSALOQA” MCHJ Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarga xorijiy banklar, korxonalar mablag'lari va xorijiy yetkazib beruvchilar kreditlari hisobidan moddiy-texnika resurslari, asbob-uskunalar, butlovchi qismlar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar asosida eksport-import operatsiyalari bilan shug‘ullanadi. Shu bilan birga, davlat xaridlari, yuk tashish bojxona rasmiylashtiruvi va tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.