2022-yil 2-aprelda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani xalq taʼlimi bo‘limi tasarrufidagi 2-sonli informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos, Bo‘stonliq tumani hokimi J. Axmedov, “O‘ZIMPEKSALOQA” MCHJ direktori S. Ergashev, IT-park direktorining o‘rinbosari J. Radjabov, tuman xalq taʼlimi bo‘limi mudiri N. Qurbonov va boshqalar ishtirok etdilar. Shuningdek, o‘quvchilar turli amaliy mashg‘ulotlar orqali qisqa muddat ichida o‘rganganlarini yig‘ilganlarga ko‘rsatib berishdi. O‘quvchilarning mustaqil ravishda bajargan ishlari tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.