“O’ZIMPEKSALOQA” MCHJ direktori S. Ergashev Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi.
🇺🇿Mamlakatimiz bugun elektr energiyasiga bo’lgan o’z talabini qondirish uchun yashil energiya manbalari texnologiyalari sohasida katta islohotlarni amalga oshirmoqda. Xususan, taraqqiyot strategiyasida ko’rsatilganidek, 2030-yilga borib yurtimizda yashil energiya manbalari quvvatlari ulushini 40% gacha yetkazish reja qilingan. Shu boisdan, “O’ZIMPEKSALOQA” MCHJ direktori S. Ergashev 2023-yildan boshlab jamiyat quyosh stansiyalarini o’rnatish bo’yicha o’zining yangi biznes faoliyatini boshlaganini ma’lum qildi.
⚙️O‘rnatiladigan quyosh stansiyalarining yuqori sifatini ta’minlash, ularning xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytirish maqsadida zarur ehtiyot qismlarini (quyosh panellari va invertor) import qilish bo‘yicha Xitoyning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
…