Mehr va saxovat kuni
“O‘ZIMPEKSALOQA” mas’uliyati cheklangan jamiyati “Mehr va saxovat kuni”ga bagʻishlab Toshkent shahar, M. Ulug‘bek tumani, “Navnihol” MFY istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ayniqsa ehtiyojmand, mehr muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.